Unda Markaz direktori oʻrinbosari Shokir Alimov, strategik rivojlantirish va menejment tizimini qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bosh mutaxassisi Botir Gʻafurov va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etishdi.
“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini joriy qilish hamda amalga tadbiq etish boʻyicha 2021-yilda bir qator ishlar bajarilgan.
Markazning 2021-yil 23-apreldagi buyrugʻiga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimiga masʼul boʻlgan Markazning yangi “Yuridik koʻmaklashish va komplayens nazorat” boʻlimi tashkil etildi.
Markazda ISO 37001:2016 Xalqaro standartini joriy etish maqsadida alohida ishchi guruhi tashkil etildi va ular uchun ISO 37001:2016 standarti boʻyicha xorijiy ekspertlar tomonidan onlayn oʻquv-seminarlari oʻtkazildi.
Markazda ISO 37001:2016 xalqaro standartini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar Rejasi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Bosh direktori tomonidan 25-may 2021-yilda tasdiqlandi.
Markazning amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlari xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida qayta koʻrib chiqildi, shu jumladan:
- Markazning “Korrupsiyaga qarshi kurash siyosati” qayta koʻrib chiqildi va yangi tahrirda 2021-yilning 1-iyunida qabul qilindi. Ushbu xujjatda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik va xavflarni (risklarni) boshqarish talablari nazarda tutilgan;
- Akkreditatsiya markazi xodimlari va akkreditatsiya jarayoniga jalb qilinadigan mustaqil ekspertlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalarida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida “Sifat boʻyicha qoʻllanma”, “Xodimlarning kompetentlilik (layoqatlilik) mezonlari tartib-taomili” va “Markaz xodimlarini shakllantirish tartib-taomili” qayta koʻrib chiqildi va yangi tahrirda kuchga kiritildi;
Markazda xolislik va betaraflikni taʼminlash boʻyicha hamda axborot xavfsizligi talablarini bajarish majburiyatlarining shakli yangi tahrirda qabul qilindi;
Markaz xodimlarining Korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha tushuncha va koʻnikmalarini oshirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi vakillari ishtirokida bir necha seminar-treninglar, davra suhbatlari oʻtkazildi.
Markaz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik hamda komplayens tizimini yuritish maqsadida quyida keltirilgan hujjatlar ishlab chiqildi va joriy etildi:
- Markaz tarkibiy boʻlinmalarida manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish boʻyicha Nizom;
- korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati toʻgʻrisidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish boʻyicha Nizom;
- korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash Uslubiyoti;
- aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar toʻgʻrisida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va koʻrib chiqish Reglamenti;
- xodimlarning korrupsiyaviy xatti-xarakatlari va odob-ahloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha Reglamenti;
- Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish Uslubiyoti.
Markazda joriy qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO 37001:2016 standart talablariga muvofiqligini baholash maqsadida ekspertlar tomonidan 2021-yilning iyul oyida tizimning ichki auditi oʻtkazildi. Audit natijalari boʻyicha Markaz direktorining tahlili oʻtkazildi va aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf qilish chora-tadbirlari belgilandi hamda ular bartaraf etildi.
OʻzDSt ISO 37001:2019 standarti boʻyicha menejment tizimlarini sertifikatlashtirishga talabgor boʻlgan 1 ta (“Cert Internaitonal” MCHJ) sertifikatlashtirish organi akkreditatsiyadan oʻtkazildi va OʻZAK.MT.0010 raqami bilan Davlat roʻyxatiga kiritildi.
“Akkreditatsiya markazi” DUKda mijozlarning qoniqqanlik darajasini aniqlash maqsadida baholash tizimi joriy etilgan boʻlib, Markazning rasmiy veb-saytida “akkred.uz/satisfaction-rating” joylashtirilgan. Ushbu veb-sayt 2020-yilning mart oyidan ishga tushirilgan va bugungi kunga kelib ushbu sayt orqali 64 ta mijoz tomonidan Markazning faoliyati anonim koʻrinishda baholangan.
Markaz xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga bagʻishlangan aksiya, fleshmob “#BizKorrupsiyagaQarshimiz” xeshtegini ommalashtirish orqali targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
AEConformity (Avstraliya) tashkiloti tomonidan 2021-yilning dekabr oyida Markazda ISO 37001:2016 standarti asosida joriy etilgan tizimni xalqaro normalarga muvofiqligini baholash maqsadida tashqi audit oʻtkazildi.
Mazkur audit natijalariga koʻra, Markazning akkreditatsiya boʻyicha xizmat koʻrsatish jarayoni ilgʻor xalqaro tajribaga mos kelishi tasdiqlandi va
ISO 37001:2016 standarti talablariga javob beradi, degan xulosa bilan eʼtirof etildi, hamda tegishli Guvohnoma bilan hujjatlashtirildi.
Markaz rasmiy veb-saytining alohida “akkred.uz/static/anti-corruption” sahifasi mavjud boʻlib, unda Markaz tomonidan yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish, hamda uning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgan.
Hurmatli jurnalistlar, 2022-yilda Markaz tomonidan qanday ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan, degan savol ham paydo boʻlishi oʻrinli. Qisqacha yil rejalarimiz bilan ham tanishtirib oʻtaman:
* Markazning sifat menejmenti tizimi bilan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini integratsiyallash ;
*Markazda joriy etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish;
*Markazning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha masʼul xodimlarining malakasini oshirish;
*Markaz xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha seminar treninglar oʻtkazish kabi tadbirlarni belgilaganmiz. Oʻylaymiki, bu tadbirlar sohaning yanada shaffof boʻlishiga oʻz xissasini qoʻshadi.
“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” DUK matbuot xizmati
78 113-01-11 (qoʻsh: 149)