O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli “2020 yilgacha bo‘lgan davrda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan, hozirgi kunda “O‘zstandart” agentligi tomonidan “Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi qoshida, mashinasozlik va elektrotexnika maxsulotlarining davriy sinov va sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshiruvchi zamonaviy sinov laboratoriyasini yaratish loyihasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Yuqori aniqlikda ishlovchi sinov uskunalari va o‘lchov vositalari bilan ta’minlangan zamonaviy sinov laboratoriyasining yaratilishi nafaqat Andijon viloyati, balki butun Farg‘ona vodiysi uchun muhimdir. Shu bilan birgalikda bu loyiha, sinov laboratoriyasi tomonidan rasmiylashtirilgan sinov bayonnomalarining xalqaro darajada tan olinishiga erishish imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunda ushbu hududda asosan avtomobil sanoati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun 2000 xildan ortiq maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi 100 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritib kelmoqda. “GM Uzbekistan” AJ uchun butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarning ortishi munosabati bilan shuningdek boshqa avtomobil sanoati iste’molchilarining ko‘payishi tufayli, mashinasozlik mahsulotlarining sifat va xavfsizligini baholovchi sinov laboratoriyalari majmuasiga ehtiyoj yuqori.
Ushbu loyiha asosida qurilayotgan laboratoriya xalqaro standartlarga javob beruvchi va shu bilan birgalikda boshqa laboratoriyalarda foydalanib kelinayotgan uskunalarga qaraganda texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ko‘proq afzalliklarga ega bo‘lgan 49 ta yangi va zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish