“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan navbatdagi sayyor uchrashuvi joriy yilning 4 noyabr kuni Amudaryo tumanida bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki so‘nggi yillarda Hukumatimizning e’tibori tufayli yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yurtdoshlarimiz uchun ko‘pgina imkoniyatlar yaratildi.
Buning natijasida kichik biznes vakillari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorlarimizda, balki dunyoning rivojlangan davlatlari bozorlarida munosib o‘ringa ega bo‘lmoqda.
Qoraqolpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumani hokimligida tashkil etilgan uchrashuvda tadbirkorlarga Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar va ularning mazmun mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
Sayyor qabulda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot xizmati rahbari A. Rasulov va “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” DK direktori F. Samatovlar ishtirok etib, yig‘ilganlar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.
E’tiborli tomoni shundaki, sayyor qabul bahona Amudaryo tumani hokimining taklifiga ko‘ra agentlik bilan hamkorlikda aholi va tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida tuman markazida gaz, suv va elektr energiyasi o‘lchov vositalarini davlat qiyoslovidan o‘tkazadigan shaxobchani tashkil etishga kelishib olindi.
Buning uchun “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” DK direktori F. Samatov amaliy yordam berishga tayyor ekanligin bildirdi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish