Hurmatli hamkasblar!
Vatanimizda olib borilayotgan islohotlar, xalqimizning hayot sifati va darajasini oshirishga bevosita xizmat qiladigan ezgu ishlar haqida gapirilganda, standartlashtirish sohasida faoliyat yuritayotgan Siz azizlarning munosib hissangiz borligini xalqmiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.
Xalqaro standartlashtirish tashkilotining taklifiga muvofiq, 1970 yildan buyon 14 oktyabr sayyoramizning barcha mintaqasida “Dunyo standartlari kuni” bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.
Ushbu kasb bayrami bilan Sizlarni chin qalbimizdan muborakbod etamiz.
Sizga sihat-salomatlik, oilangizga baxtu saodat, ezgu ishlaringizda yangi yutuq va omadlar tilab qolamiz!