Respublikamizda metrologiya xizmatlarini ko‘rsatish yildan yilga rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston milliy metrologiya instituti, Chirchiq filialida OAV xodimlari va ishlab chiqarish korxonalari vakillari uchun seminar tashkil etildi.
Unda “Metrologiya to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ahamiyati va o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir ma’lumotlar berildi. Shuningdek, uchrashuvda Chirchiq filialida ish va hujjatlarni yuritishda davlat tiliga e’tibor qaratish zarurligi yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.