Agentlik tizimidagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Qashqadaryo filiali xodimlari ishtirokida hududlarda yangi xizmatlarni joriy etish yuzasidan mavjud texnik imkoniyatlar tahlil qilindi.

 
Jumladan, sinov laboratoriyalari tarmog‘ini hisobga olgan holda viloyatda yoqilg‘i – energetika va qurilish tarmoqlari, sanoat korxonalarida kalibrlash xizmatlarini ko‘rsatish talabiga mos tarzda massa, bosim, kuch va elektr kattaliklarini o‘lchash laboratoriyalarini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan bir qatorda Qashqadaryo filialida mutaxassislar uchun Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 29 – avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi 528 – sonli qarori yuzasidan keng tushunchalar berilib, mavzu yuzasidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.