Yangilanish, rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlayotgan O‘zbekistonimiz jahon hamjamiyati e’tibori va e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Mustaqillik yillarida yurtimizda inson manfaatlari, qadr-qimmati tiklanib, millatlaro totuvlik, diniy bag‘rikenglik, hamjihatlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari mustahkamlanib bormoqda.
Mustaqil yurtimiz barchamiz uchun chin ma’noda saodat maskani va qudrat manbai bo‘lib qolishiga shubha yo‘q.
O‘zbekistonimiz mustaqillik yillarida xalqimizning tinchligi va totuvligini ta’minlash va xalqimiz farovonligi yo‘lida mashaqqatli, zalvorli va ulug‘vor yo‘lni bosib o‘tdi.
Shu bilan birga, hali oldimizda ulkan va mas’uliyatli rejalar, farovonlikka va saodatli kunlarga erishishdek ulug‘vor maqsadlar turibdi...
“O‘zstandart” agentligining ahil jamoasi xalqimizni Mustaqilligimizning 29-yillik shodiyonalari bilan samimiy tabriklaydi. Yurtdoshlarimizning dasturxoni to‘kin bo‘lsin, oilalarda baxt va tinchlik hukm sursin, yosh avlodimizning kelajagi yorqin bo‘lsin. O‘zbekistonimizning osmoni musaffo bo‘lsin!
MUSTAQILLIK BAYRAMI BARChAMIZGA MUBORAK BO‘LSIN!