Bemorlarning xavfsizligi ISO tashkilotining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Tibbiy jihozlarning klinik sinovlari ko‘plab mintaqaviy va milliy qoidalar va talablar bilan qa’tiy tartibga solinadi, ular ishlab chiqaruvchilar va tadqiqotchilar, shuningdek klinik sinovlarda qatnashadigan boshqa tomonlar tomonidan rioya qilinishi kerak.
ISO 14155, Insonlar uchun tibbiy asboblar bo‘yicha klinik tadqiqotlar – Yaxshi klinik amaliyot ishlab chiqaruvchilarga klinik sinovlarni loyihalash, o‘tkazish va hisobot berishdagi yaxshi klinik amaliyotga rioya qilishda yordam beradi.
Sanoat sohasida qo‘llaniladigan ISO 14155 standarti so‘nggi qoidalarni va boshqa tegishli standartlarga kiritilgan o‘zgartirishlarni aks ettirish uchun qayta ko‘rib chiqilgan. Yangilangan versiyada shuningdek, klinik tadqiqotlar ishtirokchilari va tibbiy asbob-uskunalardan foydalanuvchilarni himoya qilish va belgilangan natijalarga erishishga yordam beradigan ko‘plab qo‘shimcha ma’lumotlar mavjud.
Ushbu standart sinov ishtirokchilarining huquklari, xavfsizligi va farovonligini kafolatlashga mo‘ljallangan va klinik ma’lumotlarning ilmiy asoslanganligini ta’minlash uchun tegishli metodologiya talablarini o‘z ichiga oladi. Unda homiylar va tadqiqotchilarning majburiyatlari belgilaydi va tadqiqot loyihalarida axloqiy qo‘mitalar, tartibga soluvchilar, xavfsizlik kengashlari va boshqa manfaatdor tomonlarning rolini aniqlaydi.
ISO 14155 standarti shuningdek, ushbu sohadagi boshqa standartlardagi o‘zgarishlar, Yevropa tibbiy asboblarini tartibga solish, Yevropa klinik komissiyasining yaxshi klinik amaliyot bo‘yicha ko‘rsatmalari va boshqa shunga o‘xshash AQShning oziq-ovqat va dori vositalarini nazorat etish boshqarmasi ko‘rsatmalari bilan moslashtirildi.
ISO 14155 standarti ISO / TC 194 texnik qo‘mitasida faoliyat olib boruvchi 4 ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilib yangilangan.

Mazkur xalqaro standartlar xaqidagi qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agengtligi Xalqaro xamkorlik boshqarmasiga, O‘zbekiston Standartlar institutiga yoki quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin https://www.iso.org/ru/news/ref2535.html
«O‘zstandart» agentligi
Xalkaro munosabatlar boshqarmasi