Shaxsiy gigiyena va umumiy tozalikka dunyo miqyosida pandemiya davrichalik alohida e’tibor qaratilmagan edi. Albatta bugungi kunda, qo‘lni muntazam yuvish, ish va yashash joylarini toza saqlash yuqumli kasalliklar tarqalishini kamaytirish uchun muhim omillardan hisoblanadi.
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) tomonidan ham uy xo‘jaliklari va sanoat tarmoqlarini viruslar, bakteriyalar va boshqa patogenlardan himoya qilishda yordam beradigan bir qator standartlar ishlab chiqilgan.
ISO 18184 “To‘qimachilik - To‘qimachilik mahsulotlarining virusga qarshi faolligini aniqlash”- ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini haqiqatan ham ishlayotganligini bilishning muhim vositasidir, chunki u muayyan viruslarga qarshi sinov usullarini taqdim etadi. Ushbu standart to‘quv va trikotaj matolarga, tolalar, iplar va shunga o‘xshash to‘qimalarga qo‘llanadi.
ISO 21702 “Plastmassa va boshqa g‘ovakli bo‘lmagan sirtlarda virusga qarshi faollikni o‘lchash” - antiviral vositalar bilan ishlov berilgan mahsulotlar viruslarga qarshi tura oladimi va shu bilan bozor talablariga mos kelishini tekshirishning samarali usullari aniqlanadi
ISO 20743 “To‘qimachilik - To‘qimachilik mahsulotlarining antibakterial faolligini aniqlash”- barcha antibakterial to‘qimachilik mahsulotlarining, shu jumladan mato, doka, ip, kiyim-kechak, choyshablar, uy anjomlari va boshqalarning antibakterial faolligini aniqlash uchun miqdoriy sinov usullarini belgilaydi.
ISO 22196 “Plastmassa va boshqa g‘ovakli bo‘lmagan sirtlarda antibakterial faollikni o‘lchash”- ishlab chiqaruvchilarga ularning antibakterial jarayonlariga qanchalik yaxshi bajarishini baholashga yordam beradi.
ISO tashkiloti havo filtrlari uchun xam bir qator standartlarga ega, ular ishlab chiqaruvchilarga muhim sifat tekshiruvlarini o‘tkazishda yordam beradi.
ISO 16890 “Umumiy shamollatish uchun havo filtrlari”- havo filtrlarining ishlashi, samaradorligini izchil va mazmunli tekshirish, asbob-uskunalar, materiallar, texnik xususiyatlar, talablar va jarayonlarni tavsiflaydi.
Ushbu standartlarning barchasi BMTning 2015 yildan keyingi davrga mo‘ljallangan taraqqiyot dasturi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga amaliy yordam berib kelmoqda.
Mazkur xalqaro standartlar haqidagi qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agengtligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga, yoki Standartlar institutiga va quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin https://www.iso.org/news/ref2541.html
«O‘zstandart» agentligi
Xalkaro munosabatlar boshqarmasi