2020-yil 9-avgust soat 10.00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30197 (+279) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 142 nafari Toshkent shahrida, 133 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida tana harorati koʻtarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli Q.Ya. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli S.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
 
Ayni paytda yurtimizda 21316 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sogʻaygan.
 
Hozirda mamlakatimizda 8691 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 974 nafari ogʻir, 274 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
 
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi