Bugungi davr odamlari jamoat transportidan ko‘ra elektr velosipedlarda toza havoda sayr qilishni xohlashadi. COVID -19 pandemiyasi davrida elektr velosiped ishlab chiqaruvchilar talabni qondirish maqsadida tez sur’atlarda ishlab chiqarishni jadallashtirmoqda.
Ushbu sohaning ehtiyojlari va rivojlanishini inobatga olgan holda, ISO tashkiloti tomonidan harakatlanishda yordam beradigan elektr velosipedlarining xavfsizligi uchun yangi texnik qo‘llanmani nashr etdi.
ISO / TS 4210-10 yangi texnik qo‘llanmasi, bu ISO / TS 4210 seriyali texnik qo‘llanmaning o‘ninchi qismi - Velosiped uchun xavfsizlik talablari. Xalqaro kuchaytirilgan xavfsizlik talablarini ta’minlash uchun turli mamlakatlarning qoidalarini birlashtirgan elektr kuchaytirgichlari (YePAC) uchun xavfsizlik talablari xisoblanadi.
Mazkur qo‘lllanma Yaponiya Sanoat standartlari qo‘mitasi (JISC) rahbarligida ISO/TC 149/SC 1 texnik ko‘mitasi tomonidan ishlab chiqildi.
Mazkur yangi xalqaro standartlar xaqidagi qo‘shimcha ma’lumot olish uchun “O‘zstandart” agengtligi Xalqaro xamkorlik boshqarmasiga yoki quyidagi havolaga murojaat qilishingiz mumkin https://www.iso.org/ru/news/ref2537.html