“O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati, Jizzax viloyatida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun media tur tashkil etildi.
 
OAV xodimlariga dastlab Agentlikning bo‘linmalari faoliyatida Davlat tilida ish yuritish, rasmiylashtirilayotgan sertifikatlar, bayonnomalar va boshqa hujjatlarni aynan o‘zbek tilida bo‘lishi va bu yo‘nalishdagi muammolar tahlil qilinib, kelgusida mazkur sohaga e’tibor qaratilishi yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar bilan hamkorlikdagi ishlar, mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish hamda laboratoriyalarning faoliyati, ularni modernizatsiya qilish borasidagi ishlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Media tur davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.