“O‘zstandart” agentligi Xalqaro munosabatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, onlayn treningda Qishloq xo‘jaligi vazirligi „O‘zto‘qimachiliksanoat“ uyushmasi mutaxassislari, respublikadagi paxta-to‘qimachilik klasterlari xodimlari, agronomlar va fermerlar organik paxtachilik tizimi, organik usulda paxta yetishtirish uchun asosiy talablar, organik paxta standartlari, sertifikatlash jarayonlari va tartiblari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib, xalqaro va mahalliy espertlar bilan tajriba almashdilar.
Mazkur trening Shveysariyaning “Organik qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti” (FiBL)ning eksperti Djian Nikolay va organik paxta bo‘yicha mahalliy ekspert Abdulatib Xaldarovlar tomonidan olib borildi. Hozirgi kunda loyiha Germaniya iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi (BMZ) tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun: Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) GmbH (Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati) Germaniyaning federal kompaniyasi bo‘lib, 120 mamlakatda faoliyat yuritadi. GIZ barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida Germaniya Federativ Respublikasi hukumatining xalqaro hamkorlik sohasidagi maqsadlarini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlaydi.