“O‘zstandart” agentligi tashabbusi bilan Xalqaro Savdo Markazi (ITC, Jeneva) ekspertlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan vidoyekonferensiyada “Standartlashtirish to‘g‘risidagi” qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.


Mazkur qonun loyihasi Jahon Savdo Tashkilotining “Savdodagi texnik to‘siqlar to‘g‘risidagi” bitimi talablari bilan uyg‘unlashuvi va takomillashuvi bo‘yicha fikr almashildi. Shu bilan birga Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti tomonidan taqdim etilgan “Good Standardization Practice” savolnomasiga berilgan javoblar tahlil etildi, ITC ekspertlari tomonidan milliy standartlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.
Tadbir natijalariga ko‘ra, Xalqaro Savdo Markazi ekspertlari mazkur qonun va uni xalqaro me’yoriy hujjatlar bilan takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarini yuborishiga va qo‘shimcha ravishda “Standartlashtirish to‘g‘risidagi” qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan videokonferensiya o‘tkazishga kelishib olindi.