Ushbu turdagi mahsulotlar eksporti bilan shug‘ullanadigan ishlab chiqaruvchi korxonalarga qulaylik yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi elchixonasi va “O‘zstandart” agentligi hamkorligida Pride in Food (Buyuk Britaniya) kompaniyaci vakillari bilan videokonferensiya o‘tkazildi.
Uchrashuvda mahsulotlarni Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi bozorlariga eksport qilishda Pride in Food tomonidan ko‘rsatiladigan konsalting xizmatlari, Yevropa davlatlarining mahsulotlarga qo‘ygan talablari, sinov laboratoriyalari ishlarini tashkil etish va ularni xalqaro darajaga olib chiqishda xorijiy ekspertlarni jalb etish bo‘yicha fikrlar almashildi.
Tadbirda ishtirok etgan “Rovot Qurilish Fayz” MChJ va “Qodir ASR Agro” fermer xo‘jaligi vakillari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga Pride in Food (Buyuk Britaniya) kompaniyaci mutasaddilaridan atroflicha javob oldilar.
Agentlikning Xalqaro munosabatlar boshqarmasi ta’kidiga ko‘ra, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan maxsulotlar bo‘yicha kerakli ma’lumotlar tayyorlanib Buyuk Britaniya ekspertlariga qisqa muddatlarda taqdim etish va soha yo‘nalishlarida keng ko‘lamli hamkorlik qilishga kelishib olindi.