«O‘zstandart» agentligi tomonidan AOKAda xabar berilganidek, mahalliy fermer xo‘jaliklari va ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Latviya davlatidagi elchixonasi, va GLOBAL GAP tashkiloti ekspertlari ishtirokida onlayn o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbirda GLOBAL GAP tashkiloti prezidenti Kristian Myuller, ushbu tashkilotning xalqaro eksperti Edite Strazdina, mamlakatimizning Latviya davlatidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Qadamboy Sultanov hamda, respublikamizning barcha viloyatlaridagi eksport istiqboliga ega 50dan ortiq mahalliy fermerlar xo‘jalik vakillari ishtirok etdilar.
O‘quv seminarida xalqaro ekspert Edite Strazdina tomonidan Yevropa bozorlariga kirishda xalqaro standartlarning ahamiyati, jahon bozorida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘yilgan sifat va xavfsizlik talablarining tobora kuchayib borayotganligi, mamlakatimizda yetishtiralayotgan mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi o‘rnini mustahkam uchun GLOBAL GAP va Organic standartlarni joriy etish talab etayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda bugungi kunga kadar 47 ta korxona GLOBAL GAP sertifikatiga ega bulganligi va joriy yil yakuniga kadar 250ta korxonada standartni joriy etilishini inobatga olib, maxalliy fermer xujaliklar tomonidan ushbu standartlar talablariga muvofik maxsulot ishlab chikarish saloxiyatidan tula foydalanish, davlat tomonidan tugri tartibga solish va muvofiklashtirish tizimlarini rivojlantirish, meva-sabzavot va kishlok xujaligi maxsulotlarini sifat va xavfsizlik kursatkichlarini yaxshilash mamlakat eksport geografiyasini keygaytirishga asos bo‘lishi tushintirib o‘tdi.
Xorijiy tajribadan kelib chiqib, mamlakatimiz hududlarida agroekoturizm salohiyati va jozibadorligi oshirish uchun maxsus organik bozorlar va restoranlar tashkil etish, standart talablari asosida organik mahsulot va xom ashyolarni ishlab chikarish, kayta ishlash , tashish, saqlash va sotish jarayonlarini tugri tashkil etish, bu yunalishlarda ilmiy-tadkikot institutlarida kadrlar tayyorlash, zamonaviy komleks sinov laboratoriyalar tashkil etish, mahalliy fermer xo‘jaliklari va ishlab chiqaruvchilar masofadan turib qo‘llab quvvatlash, GLOBAL GAP va Organic standartlarni joriy etish, sertifikatlashtirish va audit jarayonlarini onlayn o‘tkazish masalalariga ham alohida urg‘u berildi.
Xalkaro ekspert tomonidan mahalliy fermer xo‘jaliklari va ishlab chiqaruvchilarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berildi. Koranavirus pandemiyasi salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida, ushbu turdagi onlayn o‘quv seminarlarni doimiy tashkil etib borishga kelishib olindi.