Koronavirus infeksiyasi aniqlangan ilk kundan boshlab, O‘zbekiston hukumati tomonidan ushbu kasallikni yurtimizda keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha tezkorlik bilan choralar ko‘rilib, Koronavirus kasalligiga qarshi kurashish Respublika maxsus komissiyasi ish boshladi.

Qo‘llanilgan tajribalar, mamlakatimizda koronavirus epidemiyasiga qarshi o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ko‘plab hududlar bu xavfdan saqlab qolinganligini ko‘rsatmoqda.

 “O‘zstandart” agentligi tomonidan ham COVID-19 xavfli infeksiya tarqalib ketishining oldini olish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yordam berish maqsadida bir qator tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.   

Mamlakatimizdagi Koronavirus pandemiyasini salbiy ta'sirini yumshatishga qaratilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilayotgan ishlar   dunyoning 163 ta mamlakatlari a'zo  Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) va 40 ta mamlakatlari a'zo Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) tomonidan e'tirof etildi va jaxon xamjamiyatiga taqdim etildi.

Ma'lumotlar bilan quyidagi havolalarda  tanishingiz mumkin   mumkin:

https://www.iso.org/covid19-members

https://www.smiic.org/en/covid-19-members-resources