“O‘zstandart” agentligida mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida O‘zbekistondan qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini import qiluvchi Buyuk Britaniya davlatining Pride in Food kompaniyasi bilan videokonferensiya o‘tkazildi.
Suhbat chog‘ida yurtimizda mahsulotlarni Buyuk Britaniyaniyaga eksport qilish istagini bildirgan korxonalarga tashqi bozorlarga sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni yetkazib berish jarayoni masalalari muhokama etildi.
Mahalliy korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifat tizimlarini joriy etish, mahsulotlarga xalqaro sifat sertifikatlariga ega bo‘lishiga alohida urg‘u qaratildi.
Respublikamizda mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi korxonalarda xalqaro Global G.A.P. va organik standartlari asosida sertifikatlashtirilgan bo‘lib, hozirda mahsulotlarini eksport qilishda xorij xaridorlarga ehtiyoj mavjudligi, xalqaro standart talablari asosida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Buyuk Britaniya davlatiga yetkazish maqsadida, Buyuk Britaniyaning maxsulotlarga bo‘lgan xalqaro talablari bo‘yicha fikr almashildi.
Muloqot natijasiga ko‘ra Pride in Food kompaniyasiga mamlakatimizdagi eksportyor korxonalar faoliyati, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bo‘yicha ingliz tilida kataloglarini tayyorlash va tijorat takliflarini taqdim etish kelishib olindi.