Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish choralari amal qilish davrida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan tabiiy gaz, elektr energiyasi, sovuq va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (maishiy hisoblagichlar) qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqish muddatlari joriy yilning 1 sentyabriga qadar uzaytirildi.
Bunda, muddati o‘tgan sertifikatlarga ega tabiiy gaz, elektr energiyasi, sovuq va issiq suvni hisobga olish uskunalari (maishiy hisoblagichlar) ning ko‘rsatkichlari istisno tariqasida tegishli hisobotlarda inobatga olinadi.
Avval davriy metrologik tekshiruvdan o‘tgan o‘lchash va sinov vositalariga rasmiylashtirilgan sertifikatlarning amal qilish muddatlari epidemiologik holat davrida tugagan yoki tugaydiganlarini ushbu davrda o‘rnatilgan cheklovlar sababli metrologik tekshiruvini o‘tkazish imkoniyatlari mavjud bo‘lmasa, qiyoslash sertifikatlari o‘rnatilgan karantin davrida amal qiladi.