O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan Agentlik qoshida kotibiyatini yurituvchi “Nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasini tashkil etish ishlari o‘z yakuniga yetmoqda. Ushbu qo‘mitaga a’zo sifatida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, “SHARQ” NMAK, “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat instituti va boshqa bir qator ushbu sohada yetakchi tashkilotlar hamda “O‘zstandart” agentligi faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi qoshida “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasi tashkil etilib, unga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK va ushbu sohada faoliyat yurituvchi bir qator ishlab chiqaruvchilar a’zo sifatida jalb qilindi.
Yuqorida ta’kidlangan sohalarga dahldor bo‘lgan vazirlik va idoralar, shuningdek, xususiy sektor vakillari tegishli tartibda texnik qo‘mitalar ishida ishtirok etishlari mumkin.
Tashkil etilayotgan ushbu texnik qo‘mitalar kelgusida tegishli sohalarda standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va ularni keng joriy etishda amaliy ko‘mak beradi.
Shu bilan birga, amaldagi me’yorlarga ko‘ra har qanday manfaatdor tomon tegishli sohada texnik qo‘mitani tashkil etish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega ekanligini inobatga olgan holda, ushbu masala bo‘yicha “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlar institutiga murojaat etishlari mumkin.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish