Joriy yilning 29 iyul kuni Samarqand viloyat Matbuot uyida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli Qarori ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasining Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan viloyat xalq xo‘jaligi sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida "Sifat oyligi" o‘tkazilayottanligi munosabati bilan Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va “Samarqand sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonalari tomonidan "Sifat-kelajak poydevori" mavzusida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Seminarda Samarqand boshqarmasi va markazi rahbar va xodimlari, Savdo sanoat palatasining eksportga ko‘maklashish bo‘limi, "Vaxt" XK, "Agro Liniya Samarqand" MChJ va "Innova" ko‘p tarmokli meditsina markazi vakillari o‘z ma’ruzalari va taqdimotlari bilan qatnashdilar.
Ko‘rgazmali seminarda Samarqand viloyatining faol ishbilarmonlari yakka tartibdagi tadbirkorlar, eksport salohiyatiga ega bo‘lgan 17 ta korxonalardan 38 ta vakillar, shuningdek, seminarni OAVda yoritish uchun 7 ta respublika va 8 ta viloyat miqyosidagi matbuot tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Anjuman yakunida bir qator korxona va tashkilotlar "Sifat oyligi"da faol ishtirok etganligi munosabati bilan taqdirlandilar.
"Eng tashabbuskor tadbirkor" nominatsiyasi bo‘yicha YaTT "Naymov Obidjon";
"Eng faol ishbilarmon" nominatsiyasi bo‘yicha “AMIN INVEST INTERNATIONAL" MChJ QK;
"Eng faol eksportyor" nominatsiyasi bo‘yicha “Arpo Liniya Samarqand" MChJ korxonasi g‘olib deb topildi va ularga faxriy yorliq va sovrinlar topshirildi.
Shuningdek, yangi tahrirdagi ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha sifat tizimlari joriy etilgan "AMIN INVEST INTERNATIONAL" MChJ QK, "ARTEK INTERNATIONAL" MChJ QK sertifikatlar tantanali ravishda taqdim etildi.
Axborot xizmati