O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 iyundagi “Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili o‘tkazib turish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2539-sonli qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilish bayoniga asosan, joriy yilning 12-16 iyul kunlari “O‘zekspomarkaz”da Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan tashkil etilayotgan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida ishtirok etish maqsadida “O‘zstandart” agentligi va uning tizim tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan qator tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha hududiy markazlar va boshqarmalar tomonidan faoliyatga oid mingga yaqin bukletlar tayyorlandi, “O‘zekspomarkaz”ning ko‘rgazmalar zalida “O‘zstandart” agentligi uchun ajratilgan joylarda faoliyatga oid stendlar tayyorlanib o‘rnatildi va ushbu ko‘rgazmada qatnashish uchun mas’ul malakali xodimlar ajratildi.
Standartlashtirish, metrologiya, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish, ishlab chiqaruvchi korxonalarda sifat tizimlarini joriy etish kabi xizmatlar yuzasidan to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish istagidagi barchani 12-16 iyul kunlari “O‘zekspomarkaz”dagi Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasiga taklif etamiz.
Axborot xizmati