Jizzax Politexnika instituti konferensiyalar zalida Jizzax SSM-DK mutaxassislari tashkilotchiligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PQ-4059-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mohiyati yuzasidan tadbir tashkil etildi. Unda 60 dan ziyod sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlari vakillari shuningdek, seminarga taklif qilingan viloyat bojxona boshqarmasi, viloyat savdo sanoat uyushmasi, viloyat DSENM, karantin inspeksiyasi viloyat bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdilar.
Anjumanda Jizzax SSM-DK direktori Aziz Xolmirzayev qaror ijrosini ta’minlash borasida so‘z yuritdi. U o‘z chiqishida 5-ilovada keltirilgan ro‘yxatga muvofiq olib kiriladigan iste’mol tovarlarini majburiy sertifikatlash faqat Agentlik tizimidagi sertifikatlashtirish organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi tomonidan yangidan akkreditatsiya qilingan boshqa sertifikatlashtirish idoralari tomonidan amalga oshirilishi hamda muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirishda takrorlanuvchi sinovlar o‘tkazilishi taqiqlanishi va sertifikatlarni berishda, idoraviy bo‘yinsinuvidan qat’i nazar belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan laboratoriyalar tomonidan o‘tkazilgan sinovlarning ijobiy natijalari asos deb qabul qilinishini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng Jizzax SSM-DK sertifikatlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Zoxir Yo‘ldoshev, fizik-kimyoviy sinov laboratoriyasi boshlig‘i v.b. Faxriddin Shukurov, metrologiya bo‘limi boshlig‘i G‘ulom Mannonqulov va SMT bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Mahmudovlar o‘z ma’ruzalari bilan Qaror mohiyatlari bo‘yicha seminar qatnashchilariga batafsil ma’lumotlar berib o‘tdilar.
Ma’lumotlarda keltirilishicha, soddalashtirilgan tartibda olib kiriladigan tovarlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlash, shuningdek ularning maqsadli ishlatilishiga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarining mansabdor shaxslari mas’ul hisoblanadi.
Shuningdek, soddalashtirilgan tartibda olib kirilgan tovarlar importi to‘g‘risida idoralararo axborot almashinuvi vositasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga va Agentlikka ma’lumot taqdim etadi.
Seminar jarayonini yoritish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari jalb qilindi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish