“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan 16 iyun kuni soat 11.00da Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tadbirkorlar va kichik biznes vakillari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etiladi.
Mazkur tadbirda “O‘zstandart” agentligi Bosh Metrologi A. Abduqayumov ishtirok etadi. Siz ham mazkur sayyor qabulda faol qatnashib, tadbirkorlik faoliyatingizda standartlashtirish, metrolgiya va sertifikatlashtirish tartibotlari bilan bog‘liq o‘zingizni qiziqtirayotgan savollaringiz bilan qatnashishingiz mumkin.
Mazil: Qo‘qon Sinov va sertifikatlashtirish markazi
Axborot xizmati