Ma’lumki Respublikamizda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi. Ayniqsa bozorlar va savdo majmualarida sifati kafolatlangan, tegishli sertifikatlar asosida mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish dolzarb muhim masalaga aylandi.
Ming afsuski, so‘nggi paytlarda xalqimiz oziq-ovqat mahsulotlarining sifatidan qoniqish hosil qilayaptilarmi?. Bozorlarda, yirik savdo majmualarida iste’molchilarga taqdim etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati to‘la kafolatlanganmi?, degan savollariga javoblar qoniqarsiz bo‘lmoqda.
Shu maqsadda “O‘zstandart” agentligi va Iste’molchilar Huquqlarini himoya qilish Jamiyatlari Federatsiyasi bilan hamkorlikda “Savdo ob’ektlarida sotilayotgan tovarlarning sifati va xavfsizligini monitoring qilish va kamchiligi mavjud tovarlarni hamma uchun ochiq axborot bazasini yuritish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qaror loyixasi ishlab chiqdi.
Sir emas, bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi bilan bir qatorda respublikada ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarni soni ham ortib bormoqda.
Shu bilan birga, savdo ob’ektlarida sifatsiz, standart talablariga javob bermaydigan va qalbakilashtirilgan mahsulotlar soni ham ko‘payib bormoqda.
O‘tgan davr mobaynida “O‘zstandart” agentligiga savdo ob’ektlarida sifatsiz va qalbakillashtirilgan mahsulotlar ustidan 1200 dan otiq murojaatlar kelib tushgan.
Shuningdek, Iste’molchilarni ximoya qilish Federatsiyasiga uch mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxslardan shikoyatlar kelib tushgan.
Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchilarning mahsulotning tayyorlashda yoki yetkazib berishda vijdonsiz munosabatlari ham bunga sabab bo‘lmoqda.
Savdo ob’ektlarida qalbakilashtirilgan, sifatini tushishi evaziga sun’iy narxi pasaytirilgan mahsulotlarni sotilishi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarimizning rivojlanishiga ham jiddiy zarar yetkazmoqda.
Yuqoridagi kamchiliklarni oldini olish, hamda iste’molchilarning havfli va sifatsiz mahsulotlardan himoya qilish maqsadida ushbu qaror loyihasi ishlab chiqildi.
Mazkur qaror loyihasida savdo ob’ektlarida sotilayotgan mahsulotlarni xarid qilib sinovdan o‘tkazish va nomuvofiq chiqqan taqdirda kamchiligi mavjud tovarlarni hamma uchun ochiq bo‘lgan axborot bazasini yuritish nazarda tutilgan.
Hurmatli iste’molchi sizning mazkur qaror loyihasiga munosabatingiz qanday? Taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa albatta biz bilan o‘rtoqlashing.
Taklif va e’tirozlaringizni 2018 yil 1 maygacha «O‘zstandart» agentligiga yuborishnigiz mumkin.
Mas’ul shaxs - Jamoliddin Meliboyev
Tel.: 202-00-11 (1023), E-mail: info@standart.uz, tr@standart.uz
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish