Samarqand shahrida 2017-yil 10-11-noyabr kunlari BMT shafeligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi minbaridan bildirilgan hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muhim amaliy qadamlardan biri bo‘ladi. Ma’lumki, Markaziy Osiyoni osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va yaxshi qo‘shnichilik hududiga aylantirish davlatimiz rahbari tomonidan O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan.
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi hamda BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tashkiliy qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, yirik xalqaro tadbir ishida 500 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari, MDH, Yevropa, Osiyo va Amerika davlatlarining nufuzli rasmiy delegatsiyalari, BMT, YeI, YeXHT, ShHT, MDH, YeTTB kabi 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar rahbariyati, 100 ga yaqin taniqli xalqaro ekspertlar va yetakchi xorijiy OAV vakillari, shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus a’zolari qatnashadi.
Forum dasturiga muvofiq, BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha, BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori Jihan Sultanoglu, YeI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha Yevropa komissari Neven Mimitsa, YeXHT Bosh kotibi Tomas Greminger, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev, ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov va boshqa xalqaro tuzilmalar rahbarlari ishtirokchilarga murojaat qiladi.
Shuningdek, konferensiyada Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov, Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif, Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy, AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha katta direktori Liza Kyortis va xorijiy mamlakatlarning boshqa rasmiy vakillari so‘zga chiqadi.
Samarqand konferensiyasi uning ishtirokchilariga mintaqa xavfsizligi va taraqqiyotiga doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish, ularni hal qilishning samarali yo‘llarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratishi kutilmoqda. Ikki kun davom etadigan forum Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika, ekologiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik sur’atini oshirishning aniq yo‘nalishlari, shuningdek, taraqqiyot bo‘yicha hududiy loyihalarni amalga oshirish hamda zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashishda mamlakatlar salohiyatini yuksaltirishga ko‘maklashishda xalqaro tashkilotlar va hamkor davlatlarning o‘rnini muhokama qilish imkonini beradi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish