Ogox bo‘ling!!!
Hurmatli iste’molchi, Toshkentdagi savdo tarmoqlarida
SOTUVDA SIFATI KAFOLATLANMAGAN MAHSULOTLAR ANIQLANDI!!!
“O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan chora-tadbirlar natijasida bozorlar va savdo shoxobchalaridagi sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarning sotilishini oldi olinmoqda.
“O‘zstandart” agentligining bevosita tashabbusi va sayi harakati bilan joriy yilning 9 oyi davomida sinov natijalariga ko‘ra 323 ta holatda ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yaroqsiz deb topildi.
Yuqorida keltirilgan o‘rganishlar jarayoni bozorlar va savdo majmualarida sertifikatsiz hamda sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlarining realizatsiya qilinishining oldini olish bo‘yicha amalga oshirildi. “O‘zstandart” agentligining mutaxassislari tomonidan birgina Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan bir qator savdo tarmoqlaridan 6 turdagi jami 61 dona oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilindi.
Olib borilgan o‘rganishlar jarayonida savdoga qo‘yilgan sut, kolbasa mahsulotlari, ichimlik suvlari, bolalar ozuqalari, kakao, sharbatlarning nazorat xaridlari amalga oshirildi. Afsuski natijalar qoniqarsiz. Ya’ni o‘rganishlar o‘tkazilgan savdo shoxobchalaridagi bu turdagi mahsulotlarning aksariyati muvofiqlik sertifikatiga ega emas, ya’ni sifati kafolatlanmagan holda savdoga qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.
Masalan, birgina Toshkent shahrida joylashgan ayrim savdo majmualarida olib borilgan o‘rganish natijalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, savdoga qo‘yilgan yaroqsiz mahsulotlarining ishlab chiqaruvchilari tahlil qilinganda masalan, “Hasanmolprom” xususiy firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan 30% yog‘lilik darajasiga ega “Garmoniya” qaymog‘i, “Izzat” xususiy firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan 2,5 % yog‘lilik darajasiga ega tvorog, “GOODFOODORGANIC” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 8,5% smetana va 35% qaymoq, “Hamidaxon Barakali tayyorlov” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 2,5% yogurd va 20% smetana va boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari me’yoriy hujjatlarning talabiga javob bermasligi aniqlandi.
Iste’molchilarga tavsiya
“O‘zstandart” agentligi iste’molchilarga shuni ma’lum qiladiki, garchi ular maxsus laboratoriyalarda sifatsiz mahsulotlarni sinovlarni amalga oshirib, xarid qilayotgan mahsulotlarini tekshirish imkoniga ega bo‘lmasalar-da, uning yo‘riqnomasi va tashqi holati, ya’ni qadog‘i qattiq hamda shikastlanmagani, undagi suratlarning sifatli ekanligi, ko‘rsatkichlari yozilgan yorliqning mavjudligi,kabi jihatlarga e’tibor qaratishlari maqsadga muvofiq.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish