“O‘zstandart” agentligi tomonidan O`z DSt 8.029 “O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. O‘lchash vositalarini kalibrlash. Asosiy qoidalar” davlat standartining yangi tahriri ishlab chiqildi.
Standart O‘zbekistonda o‘lchash vositalarini kalibrlash sohasidagi asosiy qoida va tamoyillarni davlatlararo va xalqaro metrologik amaliyotning rivojlanish muhim tendensiyalari va metrologiya sohasidagi xalqaro hujjatlar qoidalariga muvofiqlashtirish, o‘lchash natijalarining metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlaydigan va O‘zbekiston Respublikasi hududida kalibrlash ishlarini bajarish natijalarining e’tirof etilishini ta’minlovchi sharoitlar yaratadigan o‘lchash vositalarini kalibrlash sohasidagi BIPM va ILAC talablariga muvofiq bo‘lgan qoidalarni joriy etish maqsadida, shuningdek o‘lchash vositalarini kalibrlash tartibini reglamentlaydigan hujjatlar shaklini O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrdagi 1002-XII-sonli “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga muvofiq keltirish maqsadida ishlab chiqildi.
Standartning tahririda bilan respublikada xalqaro, hududiy (davlatlararo) standartlar yoki O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari shaklida taqdim etiladigan, o‘lchash vositalarining bir yoki bir nechta guruhiga tegishli bo‘lgan, o‘lchash vositalarini kalibrlash uslubiyatlaridan foydalanish ko‘zda tutiladi. Ushbu me’yoriy hujjatlar mavjud bo‘lmagan holda, “O‘zstandart” agentligi bilan kelishuvga asosan hududiy metrologiya tashkilotlari hamda xorijiy mamlakatlarning milliy metrologiya institutlari tomonidan tavsiya etilgan hujjatlar (qo‘llanmalar) qo‘llanishiga ruxsat etiladi. Shuningdek standartda kalibrlash laboratoriyalari tomonidan, o‘lchash vositasining alohida turi uchun, uning kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlari hisobga olingan kalibrlash uslubiyatlari asosida ishlab chiqiladigan tashkilot standartlari shaklida taqdim etiladigan o‘lchash vositalarini kalibrlash protseduralaridan foydalanish ko‘zda tutiladi.
Standartni samarali joriy qilish va amalga oshirish maqsadida, “O‘zstandart” agentligining Bosh direktori tomonidan regional metrologiya tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan 19 qo‘llanmaning respublika hududida amalga kiritilishi ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Standartning yangi tahriri 2018 yil 2 yanvardan joriy qilinadi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish