Mamlakatimizda chorvachilikni rivojlantirish, chorva mollarini kasalliklardan muhofaza qilish hamda ularni davolash, shaxsiy, dehqon va fermer xo‘jaliklarida veterinariya-sanitariya holati barqarorligini ta’minlash orqali aholining sifatli chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2017-yil 1-iyundagi “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
Farg‘ona viloyatida ham mazkur yo‘nalishda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash qat’iy nazoratga olingan.
– Mamlakatimizda barqaror epizootik vaziyatni saqlash maqsadida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda aholi qaramog‘ida bo‘lgan chorva mollari klinik ko‘rikdan o‘tkazilib, belgilangan profilaktik tadbirlar reja asosida amalga oshirilmoqda, – deydi viloyat veterinariya boshqarmasi boshlig‘i T.Boyqo‘ziyev. – Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida keyingi besh yilda hayvonlar orasida yuqumli kasalliklar qayd etilishi keskin kamayishiga erishildi. Hozirgi kunda viloyat veterinariya boshqarmasi tizimida 4 shahar, 15 tuman veterinariya bo‘limi hamda 1 viloyat kasalliklarga tashxis qo‘yish va oziq-ovqat markazi, 13 tuman kasalliklarga tashxis qo‘yish va oziq-ovqat markazi faoliyat yuritmoqda. Qishloq hududlarida aholi, dehqon- fermer xo‘jaliklari chorvasiga xizmat ko‘rsatuvchi 237 veterinariya uchastka punkti tashkil etildi. Bu bilan tuman va shaharlarda veterinariya servis xizmatlari yanada yaxshilandi.
Chorvachilik sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor natijasida keyingi yillarda aholi qaramog‘idagi chorva hayvonlari, parrandalar bosh soni ko‘paydi. Chorvachilik yo‘nalishidagi dehqon-fermer xo‘jaliklari soni, bank krediti hisobiga chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi shaxsiy xo‘jalik egalari yildan-yilga ko‘paymoqda. 2017 yil 1 avgust holatidagi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, viloyatda 1 million 67 ming bosh qoramol, 912 ming 863 bosh qo‘y, 5 million 158 ming 758 bosh parranda, 8 ming 921 bosh yilqi, 65 ming 608 asalari oilasi parvarish qilinmoqda.
Viloyatda epizootik tadbirlarni o‘tkazishda asosiy e’tibor chegaradosh hududlarda profilaktik emlash tadbirlarini to‘liq o‘tkazishga, davlat veterinariya nazoratini kuchaytirishga qaratilmoqda. Viloyat veterinariya boshqarmasida epizootik tadbirlarni o‘tkazishni muvofiqlashtirib boruvchi shtab tashkil etilgan va epizootik monitoring kuzatuvlari olib borish yo‘lga qo‘yilgan.
Chorva hayvonlarini yuqumli kasalliklardan muhofaza qilishda diagnostik tekshirish, profilaktik emlash, kasal hayvonlarni davolash va boshqa veterinariya-sanitariya tadbirlari o‘tkazish veterinariya mutaxassislari zimmasiga yuklatilgan. Viloyatda davlat veterinariya xizmati tizimi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy tashxis qo‘yish apparatlari bilan jihozlash bosqichma-bosqich, chorvachilikni rivojlantirish dasturi orqali amalga oshirilmoqda.
Yaqinda Qo‘qon shahrida zamonaviy avtomatlashgan mini-kompleks ishga tushirildi. Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlarida zamonaviy loyiha asosida qurilayotgan mini-komplekslarda avtomatlashgan liniya o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish