“O‘zstandart” agentligi rahbariyatining tasdiqlangan rejasiga ko‘ra shu yilning 4 may kuni “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Abdusalom Kurbonovning Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yuridik va jismoniy shaxslar bilan sayyor qabuli o‘tkazilish rejalashtirilgan.
Siz mazkur uchrashuvda qatnashib, o‘zingizni qiziqtirayotgan savollar bilan ishtirok etishingiz mumkin. Bulardan tashqari, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida qabul qilinayotgan huquqiy me’yoriy hujjatlar va ularning mazmun mohiyati bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.