Toshkent viloyatining Zangiota tumanida “Tomorqa – ertangi farovon turmush garovi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi a’zolari, tuman fermerlar kengashi xodimlari, fermerlar, tomorqa faoliyati bilan shug‘ullanayotgan oilaviy tadbirkorlar ishtirok etdi.
Mamlakatimizda tomorqadan unumli foydalanish, yilning to‘rt faslida ham arzon, sifatli meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-martdagi “Dehqon xo‘jaliklari va aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi partiya tuman kengashi apparat rahbari D.Ismoilova. – Tomorqasida mahsulot yetishtirayotgan ishbilarmonni xoh tadbirkor deng, hoh dehqon, u o‘z mehnati bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga hissa ko‘shmoqda.
Hozir Zangiota tumanida 69 mingdan ziyod aholi xonadonida tomorqa mavjud. Aholi ekin maydonlarining 3 ming 527 gektariga sabzavot, 415 gektariga kartoshka, 100 gektariga poliz ekinlari ekilgan. 1 ming 308 gektarda mevali daraxtlar parvarishlanmoqda.
– Mahallamiz ahli tomorqasidan yiliga 2-3-marta hosil oladi, – deydi tumandagi Yoshlar ko‘chasi, 24 uyda yashovchi F.Abdullayev. – Tomorqadan olinayotgan mahsulot kundalik ro‘zg‘or bilan birga, bozorda sotish uchun ham mo‘ljallangan. Mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, 10 sotixli tomorqamizda issiqxona barpo etganmiz. Pomidor, bodring va turli manzarali gul ko‘chatlari yetishtirmoqdamiz.
Tadbirda g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin ekish boshlab yuborilgani, tomorqachilik bilan shug‘ullanayotgan oilaviy tadbirkorlarning yutuqlarini viloyatda ommalashtirish, har qarich yerdan unumli foydalanish bo‘yicha fikr almashildi.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish