“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan 2016 yil birinchi yarim yillikda Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli rejasiga ko‘ra, joriy yilning 21 aprel kuni Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida “O‘zstandart” agentligi “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” DK direktori Faxriddin Samadovning sayyor qabuli o‘tkazilishi rejalashtirgan.
Siz mazkur uchrashuvda faol ishtirok etib, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimlari bilan bog‘liq savollaringizga javob olishingiz mumkin.