Joriy yilning 3 iyul kuni “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21iyundagi “Tashqi iqtisodiy aloqalarni takomillashtirish va mahalliy eksporter korxonalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3077 sonli qarorining mazmun mohiyati va ijrosi yuzasidan, shuningndek “Qabul qilingan texnik reglamentlar va xalqaro standartlarga muvofiq yangi sinov usullarini joriy etish, sertifikatlashtirish borasidagi vazifani 3 kunda amalga oshirishni tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va ijro mexanizmi haqida” seminar yig‘ilish o‘tkazildi.
Seminar “O‘zstandart” agentligi bosh binosining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tdi va unda yangitdan shakllantirilgan “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining tarkibiga kiruvchi sertifikatlashtirish idoralari, sinov laboratoriyalari va boshqa bo‘limlarining mutaxassis hodimlari ishtirok etishdi.
Seminarda “O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish va sertifikatlashtirishning dolzarb masalalari” va “Qabul qilingan texnik reglamentlar va xalqaro standartlarga muvofiq yangi sinov usullarini joriy etish, sertifikatlashtirish borasidagi vazifani 3 kunda amalga oshirishni tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va ijro mexanizmi haqida” keng tushunchalar berildi.
Seminarni “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining direktor o‘rinbosarlari A.Mustafayev, D.Atabekov va Sh.Vasiyev o‘tkazishdi.
E’tiborlisi shundaki, ushbu seminarning barcha ishtirokchilari o‘zlari uchun muhim va kerakli bo‘lgan ma’lumot va yangiliklarga ega bo‘lishdi. Bu kabi yangi o‘zgarishlar natijasida mahalliy va kirib kelayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish, o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xorijiy bozorlardagi raqobatbardoshligini ta’minlash, sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish, sinov va o‘lchov laboratoriyalarining moddiy texnik bazasini rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni eksport qilishda qulayliklarga erishish kabi yutuqlarga erishilishi begumon.
- Bosh sahifa
- Agentlik haqida
- Hujjatlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari
- Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari (muhokama)
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari
- Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari
- Boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar
- Kuchini yoʻqotgan hujjatlar
- Agentlik me'yoriy hujjatlari
- Me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari
- Huquqiy savodxonlik
- Axborot xizmati
- Press - reliz
- E`lonlar va tenderlar
- Videogalereya
- Fotogalereya
- Yangiliklar
- Nashrlar va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati maʼruzalari
- Konstitutsiya sahifasi
- Tahliliy ma'lumotlar
- Sohaga oid ko'rsatkichlar
- Ochiq materiallar ro'yhati
- Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati
- Davlat dasturlari
- Byudjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma'lumotlar
- Yoshlar siyosati
- Axborotni taqdim etishga mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar
- Axborot materiallari ro‘yhati
- Ochiq hay’at majlisi Nizomi
- Faoliyat
- Xizmatlar
- Elektron hukumat
- Bogʻlanish