O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 8 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, ulardagi yuqori malakali mutaxassislar bilan tajriba almashish borasida samarali ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.