O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-son qarorining 9-bandi to‘rtinichi xat boshi ijrosi bo‘yicha ma’lumot:

“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuninig 5-ilovasi bilan tasdiqlangan “2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilariga ajratiladigan byudjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari”ning 52-bandida etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini xarid qilish xarajatlari uchun davlat budjetidan 37,0 mlrd. so‘m mablag‘ ko‘zda tutilgan.

Dasturga asosan, Agentlik tizim tashkiloti “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DM (keyingi o‘rinlarda - Institut) tomonidan umumiy qiymati 37,0 mlrd. so‘mlik yuqori aniqlikdagi etalonlar xaridi uchun belgilangan tartibda texnik topshiriqlar ishlab chiqildi hamda ajratilgan mablag‘lar doirasida xarajatlar smetasi tuzilib O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligidan ro‘yhatdan o‘tkazildi.

Shunga ko‘ra, umumiy qiymati 35.8 mlrd so‘mlik yuqori aniqlikdagi 7 ta (Tekis burchak birlik etaloni, Hajm o‘lchash birligi etaloni, O‘lchash tok transformatorlari kalibrlash tizimi etalon kuchi transformatorlari bilan, Gidrostatik tortish namunali qurilmasi (suyuqliklaring zichlik birligi etaloni), Suyuqliklarning elektr o‘tkazuvchanligi birligi etaloni, Suvli eritmalardagi vodorod ionlari faolligining (pH) ko‘rsatkichi etaloni, Suvli eritmalardagi vodorod ionlari faolligining nitrat (rX) ko‘rsatkichi etaloni) etalonlarni xaridi uchun belgilangan tartibda tender savdolari o‘tkazildi hamda shartnoma imzolanib, moliyalashtirildi.

Shartnomaga ko‘ra, mazkur etalon va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari 2025-yil davomida еtkazilib, Institut laboratoriyalariga o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 30 dekabrdagi PQ-422-sonli qarorining  7-ilovasiga asosan rivojlantirish dasturlari va byudjet xarajatlarini  maqsadli indikatorlarining 2024-yil 4-chorak ijrosi to‘g‘risida hisobot