Uzbek Agency for
Technical Regulation


CITIZENS  APPEALS

Fuqarolarning murojaati



Yuklab olish uchun havola (.pdf)(124 kb)

 

O'zbekiston Respublikasi Qonunlari:

Elektron xukumat tizimini rivojlantirish markazi bilan o‘zaro hamkorlik:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “«Raqamli O’zbekiston - 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoniga muvofiq, O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori o‘rinbosariga raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar (Chief Digital Officer) maqomi berildi.

Agentlik va uning tizim tashkilotlari o‘rtasida hujjat almashinuvi to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi.

2021 yilda texnik jihatdan tartibga solish sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish maqsadida jami 3ta axborot tizimlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilindi.

Bular,birinchidan, standartlarni aholi va tadbirkorlarga yetkazib berish va ularning elektron fondini yuritish maqsadida “E-Standart” axborot tizimi ishlab chiqilib, Standartlar institutining rasmiy veb-saytida (uzsti.uz elektron manzilida) ishga tushirildi.

Bugungi kunda tizim orqali 26 mingga yaqin standartlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Ikkinchidan, o‘lchash vositalarining miqdori va holatini hisobga olish, ma’lumotlar fondini (karta SI) yuritish va metrologik xizmatlarni avtomatlashtirishni nazarda tutuvchi “E-Metrologiya” axborot tizimi ishlab chiqildi va e-metrologiya.uz elektron manzilida ishga tushirildi.

Bugungi kunda tizim orqali 25 mingdan ortiq arizalar qabul qilindi.

Uchinchidan, akkreditatsiya xizmatlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirishni nazarda tutuvchi“E-Akkreditatsiya” avtomatlashgan axborot tizimi ishlab chiqilib, e.akkred.uz elektron manzilida to‘liq ishga tushirildi. Mazkur tizim O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining “Yagona darcha” axborot tizimiga integratsiya qilindi.

Bugungi kunda tizim orqali 90 ta ariza qabul qilinib, ijrosi ta’minlanmoqda.

Ushbu tizimni ishga tushirish natijasida amaldagi muvofiqlikni baholash organlarining akkreditatsiya doiralari raqamlashtirildi va bu o‘z navbatida respublikada ma’lum bir mahsulot uchun sertifikatlashtirish organi va sinov laboratoriyalarini avtomatik ravishda izlab topish kabi qulayliklarni yaratdi.

Ushbu tizimlarni tegishli vazirlik va idoralar, mutasaddi tashkilotlar va elektron hukumatning idoralararo integratsion platformasiga integratsiya qilinmoqda va shu orqali “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyili asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirishga xissa qo‘shilmoqda.