“Etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini xarid qilish dasturi” ijrosi to‘g‘risida ma’lumot... “Etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini xarid qilish dasturi” ijrosi to‘g‘risida ma’lumot... “Etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini xarid qilish dasturi” ijrosi to‘g‘risida ma’lumot... O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Markaziy apparatidagi vakant bo‘lgan Boshqarma boshlig‘i lavozimga tanlov e’lon qiladi... O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Markaziy apparatidagi vakant bo‘lgan Bosh yuriskonsult lavozimga tanlov e’lon qiladi...
Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi "Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 122-sonli qaroriga asosan ishlab chiqaruvchi korxonalarga qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida "O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish" agentligida Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi (keyinchalik - Byuro) tashkil etildi.
Mahsulotni eksport qilishga ko‘maklashish byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) «O'zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi» DM tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ilmiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarida bittadan vakilga ega (Toshkent viloyatidan tashqari).
Byuro o‘z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, «O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish» agentligining qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi
Byuroning vazifalari, funktsiyalari va huquqlari
Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Byuro "O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish" agentligi hamda “O'zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, agentlikka qarashli binoda joylashgan va manzili quyidagicha: Toshkent shahri 100049, Olmazor tumani, Forobiy ko‘chasi 333 "A".
“O'zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi elektron pochtasi: uassasasi tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, agentlikka qarashli binoda joylashgan va manzili quyidagicha: info@uztest.uz Telefon raqami: (71) 202-00-11 (1171).
T/r |
Markaziy Byuro |
F.I.Sh |
IP telefon |
Qo‘l telefoni |
1.
|
Bo‘lim boshlig‘i v.b
|
Xojiyev Elshod Yoqub o‘g‘li
|
(71) 202-00-11
ichk: (1171) |
+99899 000-09-71
|
2.
|
Bosh mutaxassis
|
Sodiqova Malika
|
(71) 202-00-11
ichk: (1171) |
+99897 707-64-56
|
3.
|
Mutaxassis
|
Xidirov Shoxrux
|
(71) 202-00-11
ichk: (1171) |
+99891 791-66-99
|
Viloyatdagi tadbirkorlar esa "O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish" agentligining hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalariga murojaat etishlari mumkin.
T/r |
Hududlar |
F.I.Sh Mutaxassis |
Qo‘l telefoni |
1. |
Qoraqalpog‘iston |
Nurgaliev Omongali Yeshengalievich |
(90) 709-48-28 |
2. |
Andijon |
Boykishieva Dilnozaxon Abdusalomovna |
(97) 963-28-83 |
3. |
Buxoro |
Sharipov Sohibjon |
(99) 700-17-31 |
4. |
Jizzax |
Xudoyberdiev Djamshid Shuhratovich |
(90) 310-38-66 |
5. |
Qashqadaryo |
Yo’ldoshev Akbar |
(98) 110-09-29 |
6. |
Navoiy |
Tog‘aev Anvar O’ktamovich |
(90) 619-37-73 |
7. |
Namangan |
Sulaymonov Alisher Xabibullaevich |
(91) 181-99-44 |
8. |
Samarqand |
Do’stqulov Jamshid |
(93) 351-42-43 |
9. |
Surxondaryo |
Eshkaraev Xusniddin Karievich |
(93) 790-01-68 |
10. |
Sirdaryo |
Saydaliyev Qahramon |
(94) 912-49-92 |
11. |
Farg‘ona |
Niyazova Nigoraxon O’ktamovna |
(90) 409-42-84 |
12. |
Xorazm |
Ro’zmetov Sardor |
(97) 513-31-30 |
13 |
Toshkent viloyati |
Sobitov Diyor |
(97) 714-79-11 |
O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV);
O’zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi (SSP).
SSP faoliyatining asosiy maqsadlari: respublikadagi tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish; tadbirkorlarga chet ellik sheriklar bilan amaliy muloqotlar va aloqalarni kengaytirishda ko‘maklashish; mahalliy tovarlar va xizmatlarni tashqi bozorlarga olib chiqishda faol ko‘maklashish.
Diqqat!
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining «Markaziy Osiyoda savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish» loyihasi ko‘magida “Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish bo‘yicha soddalashtirilgan qo‘llanma (meva-sabzavot mahsulotlari misolida)” qo‘llanmasi tayyorlandi.
Ushbu qo‘llanma o‘z mahsulotlarini Yevropa Ittifoqiga muvafaqiyatli eksport qilish istagida bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar uchun mo‘ljallangan. Mazkur qo‘llanma bu jarayonni siz uchun osonlashtiradi. Unutmangki, Yevropa Ittifoqiga eksport qilishdan oldin mahsulotingiz ittifoqning sifat, xavfsizlik va ekologik standartlari va qonunchilik talablariga javob berishiga ishonchingiz komil bo‘lishi lozim.
Qo‘llanmaning elektron versiyasini O’zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Internet tarmog‘idagi www.standart.uz saytidan va O’zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining www.uz.undp.org saytidan olish mumkin.
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatning (GIZ) “Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘maklashish” Dasturi va BMT Taraqqiyot Dasturining Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi ko‘magida “Uzstandart” agentligining “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish Byurosi” tomonidan “Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak (meva-sabzavot mahsulotlari misolida)” qo‘llanmasi (pdf, 4.5MB) tayyorlandi. Ushbu qo‘llanma o‘z mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi (YeI) mamlakatlariga eksport qilishdan manfaatdor bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanma Yevropa Ittifoqining Yagona bozori to‘g‘risida umumiy tushuncha, shuningdek, YeI mamlakatlariga meva-sabzavot mahsulotlarini import qilishda qo‘yiladigan maxsus talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishda tadbirkorlarga yordamchi vosita vazifasini o‘taydi. Bundan tashqari, qo‘llanmada manbalar uchun havolalar ko‘rsatilgan bo‘lib, ularda YeI mamlakatlariga import qilish bilan bog‘liq qonun hujjatlari va tartib-taomillar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar keltirilgan. Qo‘llanmaning elektron versiyasini “O‘zstandart” agentligining internet tarmog‘idagi www.standart.uz saytidan va O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining www.uz.undp.org. saytidan olish mumkin. Qo‘llanmani ishlab chiqishda YeI eksportni qo‘llab-quvvatlash xizmatining YeS Export Helpdesk (www.exporthelp.europa.eu) saytida taqdim etilgan ma’lumotdan foydalanilgan.
«O‘zstandart» agentligi “Mahsulotlarni eksportga qilishga ko‘maklashish Byurosi» hamda Germaniya Halqaro xamkorlik tashkilotining «Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko‘maklashish” Dasturi bilan hamkorlikda «Yevropa ittifoqi mamlakatlari bozorlariga qanday qilib eksport qilish kerak. Tekstil mahsulotlari misolida» qo‘llanmasi tayyorlandi. (pdf, 4.5MB). Ushbu qo‘llanma tekstil mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishdan manfaatdor bo‘lgan ishlab chiqaruvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga import qilish tartib-taomillari va qo‘yiladigan talablar hamda tekstil mahsulotlarining halqaro standartlari haqida ma’lumotlar joylashtirilgan.
Diqqat! O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 apreldagi 122 – sonli «Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qaroriga asosan eksportga etkazib berish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlarni majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi bekor qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.10.2018 yildagi PQ-3978-sonli "Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 3 dekabr kuni «Global GAP» va «Organic» standartlari talablariga muvofiq sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro tan olingan Frantsiyaning “ECOCERT” sertifikatlashtirish idorasi va Respublika sinov sertifikatlashtirish idorasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Frantsiyaning “ECOCERT” sertifikatlashtirish idorasi mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarini «Global GAP» va «Organic» standartlari asosida sertifikatlashtirishda va ekspertlar tayyorlashda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Eksport qiluvchilarga ko‘mak
Eksport qilishda ko‘maklashish maqsadida eksport qilish jarayoni bosqichlari va vakolatli davlat idoralari bo‘yicha ma’lumotlar
Tahlil tabiiy asal mahsulotining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha qiyosiy jadval ko‘rinishida tayyorlangan ma’lumot (ma’lumot rus tilida).
BMT EIK Halqaro standartlari asosida:
mahsulotlari sifat nuqsonlari bo‘yicha izohli tushuntirish plakatlar ishlab chiqildi. Mazkur plakatlar mahsulotni yetkazib berishdasifat no‘qsonlarini hamda qo‘yimlari bo‘yicha izohli tushuntirish beradi.
Eksportga ishlab chiqaradigan korxonalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalaridagi mamlakatlararo talablar bo’yicha ma’lumotlarga tez sur’atda ega bo’lishlarini oshirish uchun tegishli saytlarga havolalari bilan davlatlar bo’yicha quyidagi ma’lumotlar taqdim etilgan:
MDH davlatlari bo’yicha ma’lumot
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi huqumatlararo bitimlari;
Majburiy tartibda muvofiqligi baholanadigan maxsulotlar ro’yxati;
Akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari ro’yxati;
Davlatlararo standartlar katalogi;
MDH davlatlarining bozorlarida mahsulotni joylashtirish
Bojxona Ittifoqining (Belarus, Qozog’iston, Rossiya) a’zo davlatlarida mahsulot xavfsizligi ustidan nazorat bilan bog’liq
Xorijiy davlatlar bo’yicha ma’lumot
Xorijiy davlatlar standartlari
Xitoy Xalq Respublikasi milliy standartlari