Uzbek Agency for
Technical Regulation


CITIZENS  APPEALS

Fuqarolarning murojaati



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.02.2024 yildagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-41-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi 29.02.2024 y. Vazirlar Mahkamasining idoraviy bo‘ysunishiga o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari

  • xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bilan milliy muvofiqlikni baholash, sinov hamda o‘lchash natijalarini eksport bozorlarida tan olish borasida hamkorlikni kengaytirish;
  • mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha manzilli choralar ko‘rish;
  • sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini, birinchi navbatda, eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va mahsulotlarni texnik reglamentlar va standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ta’minlash;
  • milliy qonunchilikni, texnik tartibga solish, muvofiqlikni baholash instrumentlari va standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni Jahon savdo tashkiloti talablariga uyg‘unlashtirish;
  • mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifati va xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda iste’molchilarning huquqlarini noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan himoya qilish choralarini ko‘rish;
  • texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning majburiy talablari, o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishi va to‘g‘riligi ta’minlanishi, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat nazoratini tashkil etish va uning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
  • texnik jihatdan tartibga solish, shu jumladan standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olish va profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish;
  • texnik jihatdan tartibga solish sohasini raqamlashtirish orqali samaradorlik va natijadorlikka erishish, tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlarini kengaytirish, shaffof va korrupsiyadan xoli samarali tizimni joriy etish;
  • texnik jihatdan tartibga solish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasini jadal rivojlantirish, tizim faoliyatini raqamlashtirish va samarali yo‘lga qo‘yish hamda sohani xalqaro andozalarga uyg‘unlashtirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash uchun Texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish bo‘yicha idoralararo respublika kengashi   tashkil etildi.

«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi to‘g‘risida Nizom» - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish choralari to‘g‘risida ”gi 2024 yil 1 iyul dagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlagan.

Agentlik huzurida quyidagi kollegial organlar tashkil etilgan va faoliyat ko‘rsatmoqda:

- O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Hay’ati. Hay’at tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 439-son qarori bilan tasdiqlangan:

- O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligining Apellyatsiya kengashi. Apellyatsiya kengashining tarkibi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktorining 2022-yil 2-noyabrdagi 59-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.