Uzbek Agency for
Technical Regulation


CITIZENS  APPEALS

Fuqarolarning murojaati



 ME’YORIY HUQUQIY ASOSLAR:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 dekabrdagi «Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  PQ-4939-sonli Qarori

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi «Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PF-5812-son Farmoni 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 maydagi «O’zbekiston Respublikasida Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida»gi  287-sonli Qarori

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 dekabrdagi «Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  PQ-4939-sonli qarori, kadrlarning tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish uchun shart-sharoitlarni yaratish  maqsadida qabul qilingan.

Mazkur qarorning 1-bandiga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatori (XALIKK-2020) ishlab chiqildi. Qarorda belgilangan topshiriqlardan kelib chiqqan holda “Texnik jihatdan tartibga solish agentligi” tomonidan bugungi kunda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • “Texnik jihatdan tartibga solish agentligi” markaziy apparati tuzilmasida bosh direktorga bo‘ysunuvchi bir shtat birligidan iborat mehnatga haq to‘lash sharoiti bo‘yicha mustaqil bo‘lim boshlig‘iga tenglashtirilgan “Kasbiy malaka va bilimlar bo‘yicha tarmoq kengashi kotibi” lavozimi Agentlikning 2021 yil 8 yanvardagi 1-son buyrug‘i bilan joriy etildi;
  • “Texnik jihatdan tartibga solish agentligi”ning Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalash sohasida kasbiy malaka va bilimlar bo‘yicha tarmoq kengashining tarkibi tasdiqlandi;
  • Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiyalash sohasida kasbiy malaka va bilimlar bo‘yicha tarmoq kengashi ishchi organi tarkibi tasdiqlandi;
  • 2021 yilga mo‘ljallangan kasbiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy standartlarni ishlab chiqish reja-grafigi ishlab chiqildi;
  • Malakalar tizimini takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi;
  • Kasbiy malaka va bilimlar bo‘yicha tarmoq kengashi kotibi tayinlandi.

Tarmoq kengashi o‘z faoliyati davomida quyidagi vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan:

  • mehnat bozori monitoringi asosida tarmoqlarning malaka va bilimlarga ehtiyojlari va tendentsiyalarini aniqlash;
  • tarmoq malaka doiralarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish;
  • kasbiy standartlarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
  • norasmiy va informal o‘qitishning natijalarini tan olish, validatsiya va akkreditatsiya (sertifikatsiya) qilish tizimini shakllantirish, shu jumladan malakalarni baholash markazlari faoliyatini tashkil qilish;
  • yoshlarni kasbga yo‘naltirish, professiogramma va axborot materiallarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
  • tarmoq malakalar doiralari va kasbiy standartlardan kelib chiqqan holda Klassifikatorni takomillashtirish hamda mehnatga haq to‘lashga oid me’yorlarni aniqlash bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

«Texnik jihatdan tartibga solish agentligi» huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot institutining Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi (http://e-study.uzsti.uz/) standartlashtirish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlashni olib bormoqda. Ta’lim berish yakunlangandan so‘ng mutaxassislarga standartlashtirish, sertifikatlashtirish, metrologiya sohasida kasb faoliyatini olib borish huquqini tasdiqlaydigan, kasbiy qayta tayyorlash sohasida belgilangan namunadagi guvohnoma taqdim etiladi.

Quyidagi mutahassisliklar bo‘yicha mutahassislar malakasini oshiradi: 

  • ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar bazasida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish asoslari (oliy va o‘rta o‘quv yurtlari talabalari uchun);
  • standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish (ISO 9000 seriyali XS bazasida sifat tizimini o‘z ichiga olgan holda) va mahsulotning raqobatbardoshliligini oshirish (vazirliklar, idoralar, kontsernlar, assotsiatsiyalar, korporatsiyalar, tashkilotlar va boshqa rahbarlik qiluvchi tarkib uchun);
  • standartlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
  • standartlar va o‘lchash vositalarining davlat nazoratini olib borish;
  • sanoat mahsulotlarini sinash (sinov laboratoriyalari mutaхassislari uchun);
  • ISO 9000 seriali XS bazasida sifat tizimlarini sertifikatlashtirish;
  • ISO 9000 seriali XS bazasida sifat tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish (sanoat MTX uchun);
  • mashinasozlik, yengil sanoat, agro sanoat kompleksi, qurilish industriyasida sifatni texnikaviy tekshirishni tashkil qilish;
  • ISO 9000 seriali XS bazasida sifat tizimlari bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish (sifat tizimlari ishlab chiqazuvchilari uchun);
  • sertifikatlashtirish va akkreditlashtirish qoidalari, sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalari faoliyatini tekshirish (sertifikatlashtirish idoralari rahbarlari uchun);
  • issiqlik texnikasi o‘lchash vositalarini, elektr o‘lchash vositalarini, radiotexnik o‘lchash vositalari, uzunlik – burchak o‘lchash vositasi, hajmni o‘lchash vositasi, og‘irlikni (massani o‘lchash vositasi, kuchni o‘lchash vositasi va mexanik tavsiflar, vaqtni o‘lchash vositasi va harakat parametrlarini, fizik-kimyoviy o‘lchash vositasi, tebranish va shovqinni o‘lchash vositasi, suyuqliklar, gaz va bug‘ning sarfi va miqdorini o‘lchash vositasi, ion hosil qiluvchi nurlanishlarni (radiometrik, radioizotop) qiyoslash va kalibrlash;
  • analitik tekshirishning metrologik ta’minoti;
  • miqdoriy kimyoviy tahlilni o‘lchashlarni bajarish metodikasi va ularni metrologik attestatlash;
  • ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti;
  • hujjatlashtirishning metrologik ekspertizasi;
  • shtrixli kodlash, tasniflash va texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axhborotlarni kodlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;
  • oliy va o‘rta zveno (bo‘g‘in) rahbarlari uchun menejment, marketing va tashkiliy psixologiya;
  • me’yoriy hujjatlar ilmiy-texnikaviy darajasining ilmiy-texnikaviy ekspertizasi, uyg‘unlashtirilishi va baholanishi.