O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining klinik muassasalarida ham, xususiy klinikalarda ham foydalanishda bo‘lgan tibbiy o‘lchash asbob-uskunalari va priborlari davriy davlat tekshiruvidan o‘tkazilishi kerak.
«O‘zstandart» agentligi «Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi» DK quyidagi tibbiyot priborlarini qiyoslash va metrologik attestatlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi:
• O‘YuCh (UVCh) tibbiy terapiya apparatlari;
• reograflar, reoo‘zgartirgichlar, reoanalizatorlar;
• elektromiograflar (EMG), elektromioanalizatorlar, elektromiografik komplekslar;
• elektrokardiograflar (EKG), elektrokardioanalizatorlar;
• elektroensefalograflar (EEG), elektroensefaloanalizatorlar;
• tibbiy ultratovushli diagnostika (UZD) apparatlari, Dopler apparatlari;
• exoensefalograflar (ExoEG), bosh miya exo-signallari analizatorlari;
• tibbiy past chastotali terapiya va muolaja apparatlari («Ampli puls», «Potok» va h.k.).
Qiyoslash va metrologik attestatlash masalalari bo‘yicha «Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi» DKga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilish lozim:
Toshkent sh., Farobiy ko‘ch. 333
E-mail: metrolog@mxkm.uz; info@mxkm.uz.
Tel. +99871 150-26-05, 150-64-95
Faks +99871 150-26-14, 150-26-15