«Yangi davlat standartlarni ishlab chiqish va amaldagilarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha respublika standartlashtirish rejasi»ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimining, tolali-optik aloqa liniyalarida va axborot uzatishda foydalaniladigan optik diapazon o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyatlarini reglamentlaydigan standartlar ishlab chiqildi:

  • O’zDSt 3066:2016 Davlat standarti. O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Optik attenyuatorlar. Qiyoslash metodikasi;
  • O’zDSt 3067:2016 Davlat standarti. O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Optik reflektometrlar. Qiyoslash metodikasi;
  • O’zDSt 3068:2016 Davlat standarti.O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Optik nurlanish manbalari. Qiyoslash metodikasi;
  • O’zDSt 3069:2016 Davlat standarti. O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Optik quvvat o‘lchagichlari. Qiyoslash metodikasi.

Davlat standartlarini ishlab chiqishda Axborot-kommunikatsiya vazirligi huzuridagi «Uzbektelekom» AK va «UNICON UZ» DUK mutaxassislari bilan bir qatorda «O‘zstandart» agentligi «MXKM» DK mutaxassislari ham ishtirok etdilar. Standartlar xalqaro talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida optik diapazon o‘lchash vositalarini qiyoslash va metrologik attestatlashni tashkil qilish va o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan umumiy talablarni belgilaydi.
Yuqorida keltirilgan standartlar «O‘zstandart» agentligining tegishli qarorlari bilan tasdiqlanib, 2016 yil 25 martdan ilk bor amalga kiritilgan. 
Standartlarni sotib olish uchun «O‘zstandart» agentligining "Axborot-ma’lumot markazi"ga quyidagi manzil bo‘yicha: 
Toshkent sh., Farobiy ko‘ch., 333 A, 
tel:249-18-66, 
e-mail: infocenter@standart.uz murojaat qilishingiz lozim.