O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyuldagi 207-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish dasturi"ni amalga oshirish doirasida “O‘zdonmahsulotlari” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda “Donni qayta ishlash mahsulotlari havfsizligi to‘g‘risida»gi maxsus texnik reglament loyihasining birinchi tahriri ishlab chiqildi.
Ushbu maxsus texnik reglament loyihasining matni bilan “O‘zdonmahsulotlari” AJ rasmiy saytida, hamda bizning saytimizning “Texnik jihatdan tartibga solish” bo‘limida tanishib chiqishingiz mumkin.
Loyiha bo‘yicha taklif va e’tirozlar «Donmahsulotlari IIChM» Ilmiy ishlab chiqarish markaziga yuborishingiz mumkin.
Aloqa uchun shaxs: Gafurova Dilorom Abbasovna
tel/faks: +998(71) 299-49-08, 283-31-81
e-mail: doniichm@ya.ru