O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2016 yil 22 fevraldagi 98-sonli “Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i 2016 yil 18 martda 1465-2-son bilan ro‘yxatga olindi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida “Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
O‘zgartirish va qo‘shimchalar ular chop etilgan kundan amalga kiritildi.