O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 18 martdagi 80-sonli Qarori bilan “Qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglamenti tasdiqlandi.
Texnik reglament qishloq xo‘jaligi texnikalari konstruksiyasiga xavfsizlik talablarini belgilaydi, hamda yangi va modernizatsiya qilingan traktorlar, traktor tirkamalari, yarim tirkamalar va qishloq ho‘jaligi uchun mashinalarga taalluqlidir.
Texnik reglament quyidagi qishloq ho‘jaligi texnikasi uchun taalluqli hisoblanmaydi:
- ushbu Texnik reglament kuchga kirishdan avval ishlatish uchun chiqarilgan;
- avvaldan ishlatilgan;
- O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishda bo‘lgan;
- yakka holda donalab ishlab chiqariladigan, shuningdek yakka ijodiy tartibda ishlab chiqariladigan.
Texnik reglament, rasmiy chop etilgan kundan boshlab, olti oydan so‘ng kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi“Texnik tartibda solish to‘g‘risida”giQonunining talablariga asosan, ushbu Texnik reglament amalga kiritilishi bilan, standartlashtirish bo‘yicha Texnik reglamentda ko‘rsatilgan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga doir ilgari qabul qilingan tegishli normativ hujjatlar majburiylik xususiyatini yo‘qotadi hamda belgilangan tartibda qo‘llanilishda ixtiyoriylik kasb etadi.
Texnik reglamentni to‘liq matni bilan bizning saytimizning “Texnik tartibga solish” bo‘limida tanishib chiqishingiz mumkin.