O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxatini tasdiqlash yuzasidan «O‘zstandart» agentligi Bosh direktorining buyrug‘i loyihasi tayyorlandi.
Mazkur buyruq loyihasi bo‘yicha fikr-mulohazalar va takliflar 2016 yil 08 aprelgacha “O‘zstandart” agentligi metrologiya bo‘limiga
Ye-mail:metrol@standart.uz ga yuborilishi lozim.
Bog‘lanuvchi shaxs – X.Alisherov, tel: 0 (371) 246-70-94