Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati (GIZ) tomonidan tashkil etilgan «Xalqaro sifat tizimi uchun talablar va tahliliy laboratoriya sinov usullarini tekshirish» mavzusida «O‘zstandart» agentligida joriy yilning 15-martidan 18-martigacha seminar bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarni tashkil etishdan maqsad, sifat kafolati tizimi sohasini uyg‘unlashtirish, xalqaro talablar va tavsiyalarga muofiq tahliliy laboratoriyalarni sinov tartib usullarini tekshirish, shu jumladan, test usullari, sifat tizimini yaxshilashga hissa qo‘shish hisoblanadi.
Seminarga taklif qilingan ekspert janob Vadim Bartkevich – kimyo fanlari doktori, Latviya instituti oziq-ovqat va atrof-muhit tadqiqoti xavfsizligi (BIOR) laboratoriyasi mudiri.
Seminarda «O‘zstandart» agentligi kimyo-biologik laboratoriya mutaxassislaridan tashqari Qozog‘iston va Qirg‘iziston Republikasi laboratoriya mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Seminar ishtirokchilari sifat tiziminig asosiy ustuvor vazifalari va tahliliy laboratoriyalarni tekshirish usullari, shuningdek Latviya instituti tuzilmasi va ish tajribasi bilan tanishadilar.