O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari
O‘zbekiston iqtisodiyoti xo‘jalik yuritishning bozor usullariga o‘tishi elektr energiyasini hisobga olish ishonchliligi va operativligiga qattiq talablar qo‘yadi. Bu talablarga faqat zamonaviy hisoblash texnikasi bilan jihozlangan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimlarining (ASKUE) yaratilishi javob beradi. Mavjud eskirgan induksion elektr energiyasi hisoblagichlari bu qo‘yilgan vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega emas. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.06.2009 y. 150-sonli, 22.08.2009 y. 245-sonli va 01.11.2013y. 295-sonli Qarorlarida maishiy iste’molchilardagi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardagi mavjud elektr energiyasi hisoblagichlarini almashtirish va elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimiga ulash muddatlarini ko‘rsatgan holda, zamonaviy elektron priborlarga almashtirish tartibi va qoidalari ko‘rsatilgan. Yuqorida qayd etilgan hukumat qarorlarining bajarilishi, shuningdek, elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimining ko‘rsatishlari buzilishidan va axborotiga sanksiyalanmagan kirishdan himoyalanishini ta’minlash uchun shaxsiy javobgarlik “O‘zbekenergo” AJga yuklatilgan. Elektr energiyasini tijorat hisobga olish avtomatlashtirilgan tizimini (keyinchalik matnda – ASKUE) attestatlash tartibi va unga qo‘yiladigan umumiy talablar O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti O’z DSt 8.038:2014 “O‘zR DO‘T. Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimlari. Qiyoslash usul va vositalari” bilan reglamentlangan.
ASKUE tarkibida ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotga (DT) ega shaxsiy kompyuter (ShK) qo‘llanishi bu tizimlarga qo‘shimcha egiluvchanlikni taqdim etadi. ASKUE ishlashini ta’minlash bo‘yicha asosiy vazifani hal qilishdan tashqari, bu ShK elektroenergetik tizimlarning holatini va o‘lchashlar ishonchliligini baholash bo‘yicha bir qator amaliy masalalarning hal qilinishi, masalan, energiya yo‘qotilishini va shu yo‘qotilish joylarining kengayishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlashi mumkin.
Iqtisodiyot rivojlanishining tez o‘sish surati, xo‘jalik yuritishning bozor usullarini hisobga olgan holda, elektr energiyasi iste’molining hisobga olinishiga juda qattik talablar qo‘yadi. Ushbu talablar bir ma’noda va to‘liq hajmda, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning eng zamonaviy yuqori texnologik avtomatlashtirilgan tizimlari (ASKUE) yaratilishi hisobiga qondirilishi mumkin.
Texnik vositalar va mos ravishda texnik park, elementli radioelektron bazaning muntazam takomillashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, ulkan qadamlar bilan rivojlanishini hisobga olgan holda, bugungi kunda turli boshqaruv tizimlarida, jumladan elektr energiyasini tijoratga oid hisobga olish avtomatlashtirilgan tizimlarining komplekslarida ma’lumot uzatish muhiti bo‘lib xizmat qilishi kerak bo‘lgan telekommunikatsion aloqa kanallari ma’lumot almashish tizimlarining bugungi kundagi zarur ehtiyojlaridan (sig‘im, tezlik va hokazo) kamida bir qadam oldinda bo‘lishi kerak.
Avtomatlashtirilgan tizimlarning joriy etilishi elektr energiyasi va quvvatning asosiy iste’molchilari tomonidan iste’mol qilish rejimlarini operativ nazorat qilish va tahlil qilish, iste’molchilar yuklanishining optimal boshqaruvini amalga oshirishga imkon beradi. ASKUEdan foydalangan holda, energoob’ektlarda ma’lumot yig‘ish va shakllantirish, axborot yig‘ish va yuqori boshqaruv darajasiga uzatish, shuningdek shu asosda elektr energiya yetkazib beruvchilari va iste’molchilari o‘rtasida tijoratga oid hisob-kitoblarni bajarish maqsadida ma’lumot shakllantirish mumkin bo‘ladi. ASKUE iste’molchilar bilan hisob-kitoblarni bajarishda bank operatsiyalarini soddalashtirishga imkon beradi.
ASKUE texnik vositalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
o‘lchanayotgan elektr energiyasini elektromagnit impuls signallariga yoki raqamli kodlarga o‘zgartiradigan datchik-o‘zgartirgichlar bilan jihozlangan elektr energiyasi hisoblagichlari;
hisoblagichlardan axborot yig‘ilishi va ularning yuqori boshqaruv darajasiga uzatilishini ta’minlashi kerak bo‘lgan ma’lumotlar yig‘ish va uzatish qurilmasi (USPD);
axborotga ishlov berish vositalari.
ASKUE tizimining muvaffaqiyatli ishlashi uchun yuqorida sanab o‘tilgan texnik vositalardan har birining zarurligi va ahamiyatliligi shubhasiz. Biroq telekommunikatsion aloqa kanallari qonuniy ravishda ASKUE kompleksining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Aloqa kanallarining mavjud emasligi yoki ularning qoniqarsiz holati nafaqat ASKUE joriy etilishini to‘xtatib turuvchi omil bo‘lib, yoki kompleksning kichik samara bilan ishlatilishiga, balki, ko‘pincha ro‘y beradigan, tizimning ishdan chiqishiga xizmat qilishi mumkin.
Aloqa kanallarining tanlovi, shuningdek jihozlar tanlovi ASKUEni loyihalashtirish bosqichida, ob’ektlar bilan xizmatga oid va texnologik ta’minot talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Bugungi kunga aloqa kanallari sifatida quyidagilar keng qo‘llanadi:
yo‘ldoshli aloqa tizimlari;
tolali-optik aloqa liniyalari;
mobil aloqa quvvat tizimlari;
simsiz ma’lumot uzatish tarmoqlari (BSPD).
elektr energiya hisoblagichining simsiz tarmog‘i.
ASKUE tizimining umumiy ko‘rinishi
O‘lchash tizimi sifatida ASKUE vazifalari. Elektr energiyasini hisobga olishning asosiy maqsadi ulgurji va chakana bozorda ishlab chiqilgan, uzatilgan, taqsimlangan va iste’mol qilingan elektr energiyasi va quvvat haqida ishonchli axborot olinishidir.
Elektr energiyasi hisobga olinishining ishonchliligini nazorat qilish har oyda, yo‘qotishlar va o‘z ehtiyojlariga sarflangan elektr energiyasini hisobga olgan holda, kelib tushgan va berilgan elektr energiya balansini tuzish hisobiga erishiladi. Balans har hisobot oyining oxirgi sutkasining mahalliy vaqt bo‘yicha 24 soatda olinadigan elektr energiyasi hisoblagichlarining ko‘rsatishlari asosida tuziladi. Hozirgi vaqtda qabul qilingan hisoblagichlar ko‘rsatishlarining, ular bo‘yicha elektr energyasi balansi tuziladigan, qo‘lda yozilishi uncha to‘g‘ri emas va qo‘shimcha xatoliklarga olib keladi, chunki bu ko‘rsatishlarning bir vaqtda va xatosiz yozilishini ta’minlash qiyin, ayniqsa nazorat qilinayotgan hisoblagichlarning katta miqdorida.
Elektr energiyasining hisobga olish priborlarining qiyoslash davriyligi «O‘zstandart» agentligining 2016 yil 4 mayda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan 2782-sonli «Qiyoslashdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yhati»ga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu xujjatga asosan ASKUE tizimi va shu tizimdagi elektr xisoblagichlar har 4 yilda bir marotaba o‘rnatilgan tartibda qiyoslab boriladi.
Aholiga va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan servis xizmatlar sifatini yaxshilash va elektr energiyasini hisobga olish priborlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish ishlarini tashkillashtirish maqsadida «O‘zstandart» agentligi «Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi» DK tomonidan Damas avtomobil ba’zasida maxsus o‘lchash vositalari bilan jixozlangan ko‘chma laboratoriya tashkil qilindi. Ushbu ko‘chma laboratoriya yordamida iste’molchilarga o‘rnatilgan elektr xisoblagichlarni elektr tizimidan uzmasdan qiyoslash ishlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Yuqorida bayon etilganlardan xulosa chiqarib, shuni dadil aytish mumkinki, simsiz tarmoqlar nafaqat mavjud telefon yoki universal ma’lumot uzatish tarmog‘ini, unga ham uzoqda joylashgan, ham borish qiyin bo‘lgan abonentlarining kirishini ta’minlagan holda, tez va yuqori ishonchlik darajasi bilan yoyish, kengaytirish yoki modernizatsiyalash, balki mavjud tarmoqlarni to‘liq modernizatsiyalamasdan optimallashtirgan tarzda yangi xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. So‘nggisi esa ishlayotgan korxona sharoitlarida tizimni qurish nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi.