Respublika standartlashtirish dasturini bajarish bo‘yicha ishlar doirasida “O‘zstandart” agentligi “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” DK tomonidan O‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimining (DO‘T) quyidagi davlat standartlari loyihalari tayyorlandi:
- O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Standart toraytiruvchi qurilmalar asosidagi o‘lchash komplekslari. O‘lchash komplekslarining ishlashida kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelganda tabiiy gazning qayta tiklangan hajmini aniqlash uslubiyati
- O‘zbekiston Respublikasi o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Issiqlik ta’minot suv tizimlarida issiqlik energiyasini o‘lchash. Issiqlik hisoblagichlarini metrologik attestatlashdan o‘tkazish (standart loyihasi rus tilida taqdim etilgan)
Loyihalar bo‘yicha fikr-mulohazalar va takliflar 2016 yil 5 martgacha “O‘zstandart” agentligi “MXKM” DKga Ye-mail: metrolog@mxkm.uz ga yuborilishi lozim.
Bog‘lanuvchi shaxs – Sh.Gulyamov, tel: 0 (371) 150-26-08