O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktorining 2016 yil 4 yanvardagi “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 2-sonli buyrug‘i ro‘yxatdan o‘tkazildi (2016 yil 16 yanvardagi 2754-sonli).
Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi 298-sonli “2020 yilgacha bo‘lgan davrda sifat milliy infratuzilmasini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan ishlab chiqilgan va menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.
Nizom rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgandan so‘ng kuchga kiradi.