SMSITIning 2017 yil uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga asosan joriy yil 20-24 fevral kunlari Malaka oshirish Markazida 40 soatlik “Sifat menejeri va ichki audit” o‘quv kursi tashkil qilinadi. Mazkur o‘quv kursiga barcha turdagi korxona va tashkilotlarning, shu jumladan akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalari (markazlari) va sertifikatlashtirish organlari ichki audit o‘tkazishga jalb qilinadigan xodimlari qabul qilinadi.